Сайтка кириу

Район хаккында

Kegayli tumani 1928 yil 3-sentyabrda tashkil topgan. Tuman g‘arbdan Qo‘ng‘irot tumani, shimoldan Muynoq tumani, shimol-sharqdan Chimboy tumani, sharqdan Qorao‘zak tumani, janubdan Nukus va janub-g‘arbdan Qonliko‘l tumani bilan chegaradosh.

Maydoni 2.21 ming kv.km. Tumanda bitta tuman qaramog‘idagi shahar, 8 ta mahalla, 2 ta shaharcha tipidagi posyolka va 9 ovul fuqarolar yig‘inlari bor. (Aspantay, Qusqanatov, Yerkindaryo, Abat, Oqtuba, Janabazar, Qumshungul, Qizilqum, Jalpaqjap) bor. Markazi-Kegayli shaharchasi.

2015 yil 1 yanvar holatiga tuman aholisi soni 85,8 ming kishini tashkil etadi. Shundan 32,8 ming kishi shaharda, 53,0 ming kishi qishloqda yashaydi.

Tumanda «Kegeyli», «Kuuanûsh-jarma», «Yerkin» va «Abat-jap» kanallari, ekin maydonlarni sug‘oradigan va zax suvlar 3 ta kollektorlar sistemasi bilan tuman hududidan chiqariladi.

Tumanda iqtisodning negizini paxtachilik va chorvachilik tashkil etadi. Shu sababli tuman sanoati va paxta xom-ashyosini kayta ishlashga ihtisoslashgan.

Tumanda paxta tozalash zavodi, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, bosmaxona va boshqa korxonalar mavjud.

Paxtachilikdan tashqari chorvachilik, ipakchilik, bug‘doy va sholichilik, poliz ekinlarini yetishtirish rivojlangan.